Rim shahrida Italiyaning 30 ga yaqin kompaniyalari ishtirokida "davra suhbati" o‘tkazildi
Joriy yilining 28 may kuni Rim shahrida Italiyaning 30 ga yaqin kompaniyalari ishtirokida "davra suhbati" o‘tkazildi.
Energetika, to‘qimachilik, transport, axborot texnologiyalari, muhandislik va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalar istiqboli haqida yetakchi kompaniyalar bilan samarali muzokaralar bo'lib o'tdi. O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligi, ayniqsa, B2B shaklidagi muloqotlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbirda shunigdek Italiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mariya Tripodi ishtirok etdi.