Elchi
Elchi Abat Fayzullaev
Abat Fayzullaev 1982-yil 30-dekabrda Oʻzbekistonning Nukus shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mansabdor diplomat. Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, “Xalqaro munosabatlar” magistri darajasiga ega.
A.Fayzullaev o'z faoliyatini 2007 yilda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasida boshlagan. Keyinchalik shu bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘ldi. 2013-2018 yillarda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida birinchi kotib lavozimida ishlagan. TIV Amerika qit’asi departamentidagi qisqa muddatli xizmatidan so‘ng 2019-2020-yillarda vazirning maxsus yordamchisi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Abat Fayzullaev 2020-yil avgustidan 2023-yil oktabriga qadar O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlarning Vena shahridagi doimiy vakili sifatida, shuningdek o'rindoshlik asosida O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi (qarorgohi Vena shahrida) lavozimlarida 2022 yil avgustdan 2023 yil oktyabrgacha ishlagan.
2023-yil 24-oktabrdan buyon O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Uylangan, uch farzandi bor.