Tashqi ishlar vaziri Bahtiyor Saidov Italiya universitet va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Bahtiyor Saidov Italiya universitet va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Taʼlim sohasida yaqindan hamkorlik qilish, Italiyaning yanada koʻproq universitetlarini Oʻzbekistonga jalb etish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, yuksak iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash uchun ilmiy salohiyatni mustahkamlash, rektorlar forumini o‘tkazish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
A.Bernini yaqin orada O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qilindi.
