O‘zbekiston TIV rahbari Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi Prezidenti bilan uchrashdi
2024-yil 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi (IFAD) Prezidenti Alvaro Lario bilan uchrashdi.
Suhbat mobaynida yaqin hamkorlikni davom ettirish, ilg‘or tajriba va ko‘nikmalarni mamlakatimizga olib kirish, O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi sanoatini rivojlantirish, 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan IFAD mamlakat strategiyasini amalga oshirish e'tibor markazida bo‘ldi.