O‘zbekiston TIV rahbari “Italiya – Markaziy Osiyo” vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi
2024-yilning 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rim shahrida bo‘lib o‘tgan "Italiya – Markaziy Osiyo" vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Italiya Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani va uning jamoasiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo va Italiya oʻrtasida "yashil" energiya, transport, savdo, investitsiya, oliy taʼlim, xalq diplomatiyasi kabi bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha amaliy hamkorlikni kengaytirish taklif qilindi.