O'zbekistonda muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash uchun tijorat xarajatlarini qoplash amaliyoti joriy etildi

Butun dunyo koronavirus pandemiyasiga duch kelgan bir paytda, O'zbekiston Respublikasi rahbariyati ushbu inqirozning mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasiga ta'siri va oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan qat'iy choralarni ko'rmoqda.
Koronavirus infektsiyasining keng tarqalishini oldini olish, davlat byudjeti barqarorligini ta'minlash, iqtisodiyotga salbiy ta'sirni kamaytirish va aholini koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan mamlakatimiz Prezidentining farmon va farmoishlari tezkor ravishda ishlab chiqilib qabul qilindi.
Biroq, yuzaga kelgan vaziyat nafaqat rasmiylarning faol harakatini talab qiladi, pandemiyaga qarshi kurashda fuqarolik jamiyati va biznesning ham o'rni muhimdir.
20 aprel kuni bo'lib o'tgan videokonferensiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev "Mehribonlik va qo'llab-quvvatlash" umummilliy harakatini yaratish tashabbusini ilgari surdi. Ushbu tashabbus joriy yilning 22 aprelida Hukumatning "Mehribonlik va qo'llab-quvvatlash" jamg'armasini tashkil etish to'g'risidagi qarori qabul qilinganida o'z aksini topgan.
Jamg'arma va uning filiallari "Mahalla" xayriya jamoat fondi va uning hududiy boshqarmalarida yuridik shaxs bo'lmagan holda ochiladi. Jamg'arma mablag'lari homiylik, xayriya badallari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Ular ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lganlarni, ko'p bolali oilalarni, yolg'iz qariyalarni va nogironlarni, vaqtincha ishsiz bo'lgan shaxslarni koronavirus pandemiyasi va karantin davrida naqd pul, kundalik iste'mol mollari, dori-darmonlar va mahsulotlar bilan ta'minlashga qaratilgan. Qo'llab-quvvatlash jarayonida yirik korxonalar va ularning mahalliy bo'linmalari faol ishtirok etadilar.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda allaqachon "O'zbekiston Mehr-Shafqat va Salomatlik" jamoat jamg'armasi mavjud bo'lib, u respublikada koronavirusga qarshi kurash uchun dunyoning turli burchaklaridan mablag' oladi.
“Dunyo” AA