Italiya Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan erkin harakat qilishga ruxsat berish niyatida

Italiya 3 iyundan boshlab hududlar o'rtasida harakatlanish bo'yicha taqiqlovni bekor qilmoqchi, shuningdek Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan erkin harakatlanishiga ruxsat bermoqchi.
Italiya rasmiylari mart oyi o'rtalarida karantin joriy etilishi bilan hudular o'rtasida va ularning ichida harakatlanishni sezilarli darajada cheklab qo'ydi. Safarlar faqat ish zarurati bo'lganida, sog'liq uchun yoki favqulodda vaziyatlarda mumkin edi.
Cheklovlar koronavirus infektsiyasi xavfi yuqori bo'lgan mamlakatlar yoki hududlarga nisbatan kuchda qolishi mumkin.
Bundan tashqari, 18 maydan boshlab hududlar ichidagi odamlar harakatiga hech qanday cheklovlar qo'yilmaydi.