O‘zbekistonning italiyadagi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qayerda ovoz bera olishadi?

O‘zbekistonning Italiyada bo‘lib turgan fuqarolari 2021-yil 24-oktyabr kuni bo’lib o’tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasi (Rim shahri) huzurida tashkil etilgan 16-saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin.
|
Saylov uchastkasi |
Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalar |
Saylov uchatkasiga kiruvchi konsullik okruglari |
Saylov uchastkasi biriktirilayotgan saylov okrug |
Uchastka saylov komissiyasining bog‘lanish ma’lumotlari |
|
16-saylov uchastkasi |
O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasi (Rim shahri) Via Pompeo Magno 1, 00192 Roma, Italy |
Italiya, Gresiya, Malta, Vatikan, San-Marino |
14-Toshkent shahar saylov okrugi |
+39 068777 5739 +39 068786 0310 +39 335 608 0226 +39 335 815 5529 |
16 -saylov uchastkasida saylovchilar ro'yxatiga qo'shilish uchun Italiyada vaqtincha yoki doimiy yashovchi fuqarolar joriy yilning 9-oktyabr kuniga qadar o'z shaxsiy ma'lumotlarini quyidagi jadvalda taqdim etishlari mumkin: https://docs.google.com/spreadsheets/d/1rdvvEAnvETMrbp5Bs2P6qFu0_NtFSPLqMoYOB_aYMfQ/edit?usp=sharing.
16-saylov uchastkasida saylov kuni, ya’ni 24-oktyabr kuni saylash imkoniyatiga ega bo’lmagan O‘zbekiston fuqarolari 2021-yil 14-20-oktyabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasi (Rim shahri) huzuridagi 16-saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin.
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida 16-uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Bundan tashqari, joriy yilning 14 va 16 oktyabr kunlari diplomatik vakolatxona tashqarisida (O‘zbekiston fuqarolari zich joylashgan joylarda) muddatidan oldin ovoz berish o'tkaziladi:
- Turin shahrida 2021-yil 14-oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha (manzil: Torino,corso Vittorio Emanuele II, 40, «Museo del Tappeto»);
- Florensiya shahrida 2021-yil 16-oktyabr kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha (manzil: Firenze, Via Melarancio 3). muddatidan oldin ovoz berish tashkillashtiriladi.
- O‘zbekistonning Gretsiyada doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan O'zbekiston fuqarolari uchun Afina shahrida joriy yilning 16 oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha muddatidan oldin ovoz berish o'tkaziladi. Manzil: Σεπόλια οδός Δυρραχίου 81 Δήμος Αθηναίων.
- O‘zbekistonning Maltadagi fuqarolari uchun Birkirkarada joriy yilning 20 oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha muddatidan oldin ovoz berish o'tkaziladi. Manzil: 111, Triq Fleur De Lys, St Venera.