Pandemiya davrida O'zbekistonda qurilish sohasini qo'llab-quvvatlashga 3,5 trln so'm yo'naltirildi

Ish joylarini saqlash va iqtisodiyotdagi inqirozning oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalangan holda koronavirus holatlari aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan viloyatlar, tumanlar va shaharlarda karantin cheklovlarini bosqichma bosqich yumshatish (bekor) qilish masalasi respublika Rahbariyati tomonidan ko'tarildi. Albatta, o'z faoliyatini tiklagan muassasalarda ish sanitariya-gigiena qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda tashkil etiladi.
Bundan tashqari, bandlik va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash omillaridan biri qurilish sektori ekanligi, shuningdek, aholining arzon uy-joylarga bo'lgan talabining yuqoriligi sababli, karantin davrida qurilish hajmlarining pasayishini oldini olish bo'yicha samarali choralar ko'rildi.
Xususan, sohaga qo'shimcha ravishda 3,6 trln. so'm (355 mln. AQSh dollaridan ko'proq) mablag' yo'naltirildi. Shu bilan birga, karantin davrida Inqirozga qarshi fonddan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishiga 1,5 trillion so'm (147 million dollar), shu jumladan 55 ta suv ta'minoti loyihasi uchun 500 milliard so'm (taxminan 50 million dollar) va 1 trillion so'm (98,5 million dollar) yo'l qurilishi sohasidagi 1547 ta loyiha uchun ajratildi. Shuningdek, davlat tomonidan mahalliy byudjet daromadlarini ko'paytirish, xususan, yo'llar va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish uchun mablag'larni shakllantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Yaqin kelajakda karantin qoidalariga to'liq rioya qilingan holda barcha qurilish ishlarini davom ettirishga ruxsat beriladi.
Umuman olganda, qurilish sohasi, xoh uy-joy qurilishi yoki infratuzilma bo'lsin, yangi ish o'rinlari yaratish, bozorda talab va taklifni yaratish, pirovardida iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun katta zaxiradir. Agar soha rahbarlari o'z zimmalariga yuklatilgan mas'uliyatni chuqur anglab, ishlarni to'g'ri tashkil qilsalar, biz iqtisodiy inqirozni minimal yo'qotishlar bilan yengib o'tamiz, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Shunday qilib, O'zbekiston salmoqli sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda va mamlakatning yanada farovonligi uchun konstruktiv ishlarni davom ettirmoqda.
"Dunyo" AA